Sunʼiy nafas berish uskunalari Prezident Donald Tramp iyun oyida eʼlon qilgan insonparvarlik yordami doirasida respublikamiz hududi boʻylab 62 ta tibbiyot muassasalariga tarqatiladi.

Tibbiyot uskunalari “Zoll Medical Corporation” Amerika ishlab chiqaruvchisi tomonidan tayyorlangan va statsionar usulda davolanishda ham, bemorni aerotibbiyot transportida yoki tez tibbiy yordam mashinasida tashish jarayonida ham intensiv terapiya uchun qoʻllaniladi. Nafas berish uskunasi xususiyatlari oʻpkaga sunʼiy nafas berishning har xil usullarini qoʻllash, hamda chaqaloqdan tortib katta yoshdagi bemorlarning hayot faoliyatini qoʻllab turish imkonini beradi. Uskuna “Smart Help” texnologiyasi boʻyicha jihozlangan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.