Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati rahbari Ahror Burhanov maʼlum qilishicha, ular Nyu-York – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha olib kelingan.

Avvalroq AQSH hukumati bir guruh xorijliklar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolarini Lotin Amerikasi davlatiga deport qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ahror Burhanov esa, oʻz navbatida, Qoʻshma Shtatlar va Kosta-Rika hukumatlari bilan diplomatik kanallar orqali aloqalar oʻrnatib, Oʻzbekiston fuqarolarini Nyu-Yorkdan toʻgʻridan-toʻgʻri Toshkentga yetkazilishi haqida maʼlum qilgandi.