Begʻaraz yordamning ikkinchi joʻnatmasi tarkibiga 31,2 ming dona №95, 4 ming dona KN95 va 102 ming dona uch qatlamli ASTMF2100 Level 1 markali, jami 137,2 ming dona tibbiy niqoblar kiritilgan.
Ushbu fond taqdim etgan yordam doirasida Oʻzbekistonga jami 271,2 ming dona tibbiy niqob keltirildi.
Yuk koronavirusning yangi toʻlqinlari va mutatsiyalariga qarshi kurashish doirasida Oʻzbekiston tibbiyot muassasalarining tibbiy taʼminot zahiralarini mustahkamlashga koʻmaklashish maqsadida joʻnatildi.
Yukning ikkinchi qismini Nyu-Yorkdan Toshkentga yetkazib berish “UMT GlobalLogistics LLC” yuk tashish kompaniyasi direktori, vatandoshimiz Akmaljon Jumaboyevning moliyaviy koʻmagida amalga oshirildi.
Begʻaraz yordam yuki Oʻzbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va Isroildagi elchixonasi diplomatlari koʻmagida shakllantirildi va joʻnatildi.
Oʻzbekistonga taqdim etilgan tibbiyot maskalarini respublikaning tegishli tibbiyot muassasalariga yetkazib berish taʼminlanadi.