AQShning Johnson & Johnson zavodida koronavirusga qarshi 15 million doza vaksina yaroqsiz holga keltirilgan

    Dolzarb 1 Aprel 2021 555

    Baltimordagi (Merilend shtati) Johnson & Johnson Amerika kompaniyasiga qarashli zavod ishchilari bir necha hafta ilgari koronavirusning yangi xiliga qarshi vaksina qorishmasini aralashtirishda xatoga yo‘l qo‘ygan.

    Va buning natijasida 15 million doza dori vositasi yaroqsiz holga kelgan. Bu haqda seshanba kuni The New York Times gazetasi xabar bergan.

    Xabardan ma’lum bo‘lishicha, voqyega inson omili sababa bo‘lgan. Sodir etilgan voqyea tufayli AQSh oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati boshqarmasi (FDA) zavodni tekshirgan. Ta’kidlanishicha, AQSh tibbiyot muassasalariga tarqatilgan barcha vaksinalar partiyasi xavfsiz ekan. Chunki ular Johnson & Johnsonning Niderlandiyadagi zavodida tayyorlangan ekan. Lekin, keyingi dorilarning partiyalarini Baltimordagi zavoddan tarqatish rejalashtirilgan. Bu esa FDAning tekshiruvi tufayli kechiktiriladigan bo‘ldi.

    Nashrning ta’kidlashicha, Amerika hukumati mamlakatdagi emlash dasturini tezlashtirish masalasida Johnson & Johnson vaksinalariga katta umid bildiryapti.

    O‘z o‘rnida Johnson & Johnsonda bo‘lib o‘tgan voqyeani tasdiqlangan va vaksinaning yaroqsiz topilgan partiyasi ishlab chiqarishning so‘ngi bosqichiga yetib bormaganligiga ishontirgan.

    28-fevralda FDA Amerikaning Johnson & Johnson korporatsiyasiga qarashli Janssen kompaniyasining koronavirusga qarshi o‘zlari ishlab chiqargan vaksinalarini favqulodda holatda tezroq ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatini ma’qullagan. Rossiyada ro‘yxatdan o‘tayotgan «Sputnik Layt» vositasi kabi Johnson & Johnson vatsinalari bilan ham ikki marta o‘rniga bir marta emlash talab etiladi. Korporatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Johnson & Johnson vaksinalari sinovning uchinchi bosqichida 85 foiz samaradorlik ko‘rsatgan etgan, deb xabar beradi TASS.