Yangi mezonlar quyidagilarni nazarda tutadi:
– asosiy yoki yetakchi yordamchi rollardan kamida bittasi — osiyolik, qora tanli, ispan va boshqalar irqqa mansub aktyor ijro etishi kerak;
– kichik va unchalik katta boʻlmagan aktyorlarning kamida 30 foizi ayollar, irqiy yoki etnik guruh vakillari, nogironlar boʻlishi kerak;
– filmning asosiy voqeasi yoki mavzusi aynan shu guruhlarga qaratilishi kerak;
– kamida ikkita ijodiy rahbarlik lavozimini kamchilik vakillari egallashi kerak.
Yangi qoidalar 2024-yildan kuchga kiradi. Film toʻrtta standartning eng kamida ikkitasiga javob berishi kerak.
Avvalroq Amerika kino akademiyasi koronavirus epidemiyasi sababli 93-“Oskar” mukofotlarini eʼlon qilish qoldirilganini eʼlon qilgandi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekistonda 2019-yilda ilk bor “Oskar” qoʻmitasi tashkil etilib, unda Umid Hamdamovning “Issiq non” kinokartinasi “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasi uchun “Oskar”ga taqdim etilgan edi.