AQSHning Virjiniya shtatida yuz bergan tornado oqibatida qariyb 100 ta uy zarar ko'rdi

    AQSHning Virjiniya shtatida kuchli tornado oqibatlari bartaraf etilmoqda.

    Virjiniya-Bich shahri favqulodda holat e'lon qildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, tabiiy ofat yuzlab uyga zarar yetkazgan. Ko'plab vayronagarchiliklarga qaramay, qurbonlar haqida ma'lumot yo'q. Tornado elektr simlarini ham ishdan chiqardi. Mingga yaqin odam elektrsiz qoldi, elektr ta'minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Ayrim aholi vakillari uylarida gaz sizib chiqqanini aytishdi.

    Aprel oyida kuchli bo'ronlardan keyin AQSHning markaziy qismidan bir nechta tornado kuzatildi. Oklaxomada tornado ikkita aholi punktini qamrab oldi, ikki kishi halok bo'ldi. Shtat bo'ylab elektr uzatish liniyalari va turar-joy binolariga zarar yetdi. 23 ming kishi elektrsiz qoldi.

    Mart oyida tornado Missisipi shtatining Rolling Fork shahrini butunlay vayron qildi. 20 dan ortiq kishi tabiiy ofat qurboni bo'ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi. Diametri bir kilometr bo'lgan tornado soatiga 80 kilometr tezlikda harakatlanib, yo'lidagi hamma narsani supurib tashladi, deb xabar beradi mir24.tv.