Yangi platforma ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, savdo va investitsiya imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

Kengash faoliyati “Amerika birinchi” iqtisodiy dasturi doirasida AQSH kompaniyalari uchun yangi bozorlar yaratish, IT va raqamli innovatsiyalar kabi yuqori rivojlanayotgan sohalarda hamkorlikni kuchaytirish hamda amerikalik eksportchilar uchun teng raqobat sharoitlarini taʼminlashni nazarda tutadi.

Tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyevning 4–6-noyabr kunlari Vashingtonda boʻlib oʻtgan “C5+1” sammitidagi tashrifi ortidan ikki tomonlama munosabatlarda shakllangan ijobiy surʼatni mustahkamlashi kutilmoqda.