Hodisa Gunfighter Skies aviashou paytida sodir bo‘lgan, deb yozadi Idaho Statesman baza vakili Antuan Xenksga tayanib.
Guvohlar tomonidan olingan videoda to‘qnashuvdan keyin ikkala samolyot ham havoda aylanib yurgani, keyin yerga qulagani va zarbadan portlagani ko‘rsatilgan. Halokat joyi ustida to‘rtta parashyut ochilib, osmonga qora tutun ko‘tarildi, deb xabar berdi Kazinform.
Aviashou boshlovchisi tomoshabinlarga ekipaj a’zolari muvaffaqiyatli ravishda sakraganini va ularning parashyutlari normal ochilganini aytdi.
Associated Press xabariga ko‘ra, to‘qnashgan samolyotlar AQSh dengiz flotiga tegishli edi. Tinch okeani floti dengiz aviatsiyasi qo‘mondonligining rasmiy vakili, qo‘mondon Ameliya Umayamning aytishicha, to‘rtta ekipaj a’zosi ham xavfsiz tarzda sakragan va yerda hech qanday jarohat olmagan. Uchuvchilarning ahvoli barqaror.
Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Jeff Gutssetti havoda to‘qnashuvda barcha ekipaj a’zolarining xavfsiz ravishda samolyotdan chiqib ketishi juda kam uchraydigan holat ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, bu samolyotlar bir-biriga ilinib qolgani va darhol qulab tushmaganligi bilan bog‘liq.
Buning sababi texnik nosozlikdan ko‘ra uchuvchi xatosi ehtimoli ko‘proq, dedi u.
Aviashou to‘xtatildi va shouning qolgan qismi bekor qilindi. AQSh dengiz floti hodisani tekshirmoqda.