Aqtau yaqinidagi aviahalokat yuz bergan joydan to'rt kishining jasadi topildi

    Aqtau yaqinida (Qozog'iston) Azerbaijan Airlines samolyoti qulagan joyda to'rt nafar halok bo'lganlarning jasadi topildi, deb xabar bermoqda Kazinform agentligi.

    “Aqtau yaqinida Ozarbayjon – Boku – Grozniy samolyoti halokatidan jabrlanganlar haqidagi ma'lumotlar Mang'istau viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi tomonidan yangilandi, voqea joyida halok bo'lgan to'rt kishining jasadi topildi”, deyiladi xabarda.

    25-dekabr kuni ertalab Qozog'iston g'arbidagi Aqtau shahri yaqinida Bokudan Grozniyga uchgan Azerbaijan Airlines samolyoti halokatga uchradi. Federal havo transporti agentligi ma'lumotlariga ko'ra, samolyot qushlar bilan to'qnashib ketganidan keyin kamandir Aqtaudagi zaxira aerodromga uchishga qaror qilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bortda 62 yo'lovchi va besh nafar ekipaj a'zosi bo'lgan. Qozog'iston Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 28 kishi tirik qolgan, deb xabar beradi ria.ru.