Ar-Riyod shahrida madaniyat vazirlari oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi

    Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi madaniyat vaziri Badir bin Abdulla bin Muhammad bin Farhan Al Saud oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida, ikki mamlakat oʻrtasida madaniyat va sanʼat sohasida hamkorlik yuzasidan hujjat imzolandi.

    Shuningdek, taʼlim sohasida hamkorlik qilish hamda Saudiya Arabistonida saqlanayotgan Markaziy Osiyo tarixiga oid betakror va nodir qoʻlyozmalarni oʻzbek tiliga tarjima qilish ishlarida hamkorlik masalalari muhokama etildi.

    Saudiya Arabistoni Podshohligida boʻlib oʻtayotgan “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda.