Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks boʻyicha WBC Gran-prisi boshlanadi.
Musobaqada jami 5 nafar hamyurtimiz bahs olib boradi. Turnirning ilk kuni doirasida yarimengil vazn toifasidagi bellashuvlarga start beriladi. Unda hamyurtimiz Ayubxon Baxtiyorov ishtirok etadi.
Baxtiyorovga dastlabki bosqichda Fransiya vakili Jamal Xajab raqiblik qiladi. Bugungi janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, Gran-prida Baxtiyorovdan tashqari Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob Qayumovga ham ringga koʻtariladi.