Muloqot chogʻida Saudiya Arabistonidagi yirik investitsiyaviy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va Oʻzbekistondagi istiqbolli sarmoyaviy loyihalarga xorij tomonini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Sergey Ostrovskiy saudiyalik investorlar bilan yaqin hamkorlikka ega ekanligini maʼlum qildi. U mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni ham yuqori baholadi.

“Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasida hamkorlik koʻlami mazmunan boyib borayotgani va yuqori bosqichga koʻtarilayotganini qoʻllab-quvvatlayman, — dedi Sergey Ostrovskiy. – Ushbu saʼy-harakatlar ikki davlat xalqlari farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi”.

Elchi, oʻz navbatida, mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida batafsil soʻzlab berdi.

Suhbat yakunida tomonlar 2024-yilning ikkinchi choragida Saudiya Arabistonidagi eng yirik investitsiya kompaniyalari rahbarlari ishtirokida Oʻzbekistonning Ar-Riyozdagi elchixonasida investitsiya forumini tashkil etish imkoniyatini koʻrib chiqishga kelishib oldilar, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

“Ashurst” — bank, mudofaa, energetika, infrastruktura, kon sanoati, xususiy jamgʻarmalar va texnologiya yoʻnalishidagi loyihalarni tahlil etishga va ushbu sohalarga investitsiya kiritishga koʻmaklashadi.

Hozir kunda ushbu kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasida, jumladan, BAA va Saudiya Arabistonida oʻz vakolatxonalari bor.