Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, “Alhejazgroup” rekruting kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralar davomida Saudiya Arabistoni bandlik agentliklari va salohiyatli ish beruvchilarining Oʻzbekiston mehnat resurslariga qiziqishi yuqori ekanligi taʼkidlandi.

Videoaloqa shaklida boʻlib oʻtgan uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni yana-da kengaytirish, xususan, Oʻzbekistondagi mehnat bozorini oʻrganish orqali fuqarolarni Saudiya Arabistoni orqali arab mamlakatlaridagi haydovchilik va shu kabi maishiy sohalarga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Videoaloqa shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda arab mamlakatlari hududida Oʻzbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishning talablari, huquqiy himoya va mehnat sharoitlari haqida fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi matbuot xizmati.