Ramazon oyida arab xurmosi ogʻizni ochish odat boʻlib qolgan. Chunki bu ajoyib mevani juda foydali, shifobaxshligini aytib, tugatib boʻlmaydi. Arab xurmosi mineral va vitaminlarga boy mevadir. Uning tarkibida mavjud boʻlgan, organizmga kerakli 23ta aminokislota boshqa mevalarda uchramaydi. Arab xurmosini doimiy ravishda, kuniga kamida 3-4 dona yeb turilsa, koʻp kasalliklarga davo boʻlishi isbotlangan.
Bu mevadan kuniga 3-4 ta yeyish tanangizni yoshartiradi. Bu meva ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, yurakda qon aylanishini meʼyorga keltiradi. Xolesterinni kamaytiradi. Arab xurmosi ishtahani pasaytiradi. Oq shakar oʻrnini bosadi, ozishda yordam beradi. U temirga boy, 100 gramida odam organizmidagi temirning bir sutkalik meʼyorining 11 foizini saqlaydi.
Shuningdek, u kamqonlikda ham katta foyda beradi. Kaliyga boy. Xurmo insult xavfini 40 foizga kamaytiradi. Unda fosfor, kalsiy koʻp. Bu esa miya va ichaklar faoliyati uchun juda foydali. Bu meva ich qotishida dori boʻladi. Bunda tungi uyqu oldidan bir piyola qaynagan suv bilan 2-3 ta meva yeyiladi. U yuqori qon bosimini tushiradi.
5-6 ta xurmoda 80 g magniy bor va bu qon tomirlarini kengaytiradi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 370 mg magniy inson uchun kunlik meʼyor hisoblanadi. Bu miqdor qon bosimini bir meʼyorda ushlab turadi. Xurmo qarishning oldini oladi. U tugʻruqdan keyin ham foydali, u sutni koʻpaytiradi.
Olmada mis va rux koʻp boʻlsa, xurmoda natriy, kaliy, magniy, kalsiy va temir koʻproq. Xurmo mevalari oshqozon-ichak trakti, jigar, teri va jinsiy aʼzolar faoliyatini yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Xurmo mevasi xuddi qovoq, oʻrik va boshqa sariq-olovrang mevalar hamda sabzavotlar kabi yosh bilan bogʻliq oʻsimtalarning oʻsishiga toʻsqinlik qiladi. Xurmo mevasi tarkibida juda kuchli aksiloksidant moddasi hisoblanuvchi yuqori miqdordagi beta-karotin mavjud. U hujayra tuzilmalarini buzuvchi erkin radikallar bilan kurashadi.
100 gramm mahsulot 305 kkal (kilokaloriya) boʻlib, undagi oqsillar 2,2 gr. yogʻ 0,2 gr. uglevodlar 71,9 gr.ni tashkil etadi.
Xurmo tarkibida 60-65 foiz uglevod boʻlgan yagona meva turi sanaladi. Mahsulotning ftorga boyligi tishlarni kariyesdan himoya qiladi va tarkibidagi selen yurak xastaliklari xavfini oldini oladi. Meva tarkibida 23 turdagi aminokislotalar hamda pektin, A provitamini, V guruhiga kiruvchi vitaminlar mavjud. Shuningdek, uning tarkibida rux, temir, magniy, kaliy, marganes, alyuminiy, natriy, kobalt, kadmiy, bor kabi mikroelementlar va minerallar uchraydi. Xurmoning eng foydali xususiyatlardan biri uning tarkibida xolesterin moddasi mavjud emas.
U aqliy qobiliyatni rivojlantirib, ish surʼatini oshirish xususiyatiga ega. Mazkur meva isteʼmol qilinganda, insonning nafaqat ichki organizmi, balki tashqi goʻzalligiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Foli kislotasi va Ye vitaminiga boyligi sabab, u sochlar ildizini mustahkamlab, tirnoqlarning sinuvchanligini oldini oladi hamda organizmdagi yoʻqotilgan kaliy oʻrnini tiklaydi. Mazkur meva yurak qon-tomir kasalliklari, xavfli oʻsma, sil, aritmiya, gipertoniya (qon bosimining yuqori boʻlishi) bilan bogʻliq kasalliklarda tavsiya etiladi.
Arab xurmosining (baʼzi manbalarda eron xurmosi deb ham ataladi) yangi uzib olingan turi oʻzining silliqligi, har qanday qatlamlardan xoliligi bilan ajralib turadi. Uning mevasi sersuv boʻladi, ammo quritilgan xurmochalik shirin boʻlmaydi. Inson vujudiga oshqozon osti bezida insulinning bir maromda ajralishini taʼminlashga yordam beradi va shu tariqa qondagi qand miqdorining oshib yoki tushib ketmasligiga hissa qoʻshadi. Shuningdek, yukli ayollarda dard kelishini yengillashtiradi.
Xurmo tarkibidagi fruktozaning yuksak miqdori inson tanasiga quvvat bagʻishlaydi va uning ziyrakligini oshiradi. Ayniqsa, emizikli davrida sut gormonlarini faollashtirib ona sutining ortishiga ham foyda beradi. Toʻqimalarga juda boy boʻlgani bois ichaklarning faoliyatini tartibga soladi va qabziyatga qarshi ajoyib dori vazifasini oʻtaydi. Shuningdek, ichak saratoniga yoʻl ochishi mumkin boʻlgan biokimyoviy moddalarning kamayishiga yordam beradi.