Angliyaning The Guardian nashri shu yilining 21-noyabridan 18-dekabriga qadar Katarda boʻlib oʻtadigan JCH-2022 gʻolibligigi asosiy daʼvogar terma jamoalar roʻyxatini tuzdi va birinchi oʻringa Argentinani qoʻydi.

Mutaxassislarning taʼkilashicha, Argentina termasi JCH saralashida biror marta ham magʻlubiyatga uchramagan. Shuningdek, jamoa Kopa Amerikaning amaldagi gʻolibi hisoblanadi. Bundan tashqari, ikki qitʼa chempionlari gʻoliblari matchi – finalissimada Italiyani tor-mor etdi.

JCH-2022 favoritlari oʻnligi quyidagicha koʻrinish olgan:

  1. Argentina
    2. Braziliya
    3. Ispaniya
    4. Niderlandiya
    5. Germaniya
    6. Fransiya
    7. Daniya
    8. Belgiya
    9. Portugaliya
    10. Angliya.