Hozir uch kundan beri yong'in o'chirilmoqda. Qayd etilishicha, yong'in aholi turar-joylariga yaqinlashgan. Ayrim aholi evakuatsiya qilingan, ellikka yaqin oila bu joylarni tark etgan.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, alanga bir nechta turar-joy binolarigacha yetib kelgan.

Politsiya mamlakatdagi falokatga sababchi bo'lgan shaxsni qo'lga olgan. U 27 yoshli argentinalik Ulises Pedro Xarate bo'lib chiqdi. U rasmiylarga kofe tayyorlab, olov yoqmoqchi bo'lganini, lekin shamol tufayli alangani o'chira olmay qolganini aytdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.