Unga koʻra, xorijdan bojxona postiga keltirilgan yuk avtotransport vositasiga ortilgan yuk konteyneri belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Qarangki, yuk konteynerida yuklangan “yoritish moslamalari” tovarlari hujjatlarga muvofiq ekanligi, biroq konteynerda yoʻl kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan, yaʼni hech qanday hujjatlari boʻlmagan 12 turdagi 8 ming 317 dona aksessuar tovarlari borligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, tovarlarning qimayti 1 mlrd. 850 mln. soʻmni tashkil etmoqda.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, “Arkbuloq” bojxona posti xodimlari tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 710 ta holatda 15,2 mlrd. soʻmlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirish va chiqilishiga chek qoʻyilgan.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.