Arktikada muz erishining yangi oqibatlari aniqlandi

    Arktika va Antarktika tadqiqot instituti olimlari xalqaro ilmiy guruhi Arktikadagi ko'p yillik muzlarning erishi mikroskopik suv o'tlarining o'sishi hamda atmosfera uglerodining faol yutilishiga olib kelishini mumkinligini aniqladi.

    Tadqiqot natijalari Geophysical Research Letters jurnalida e'lon qilindi.

    So'nggi 14 yil ichida Arktikada, ayniqsa Laptev dengizida yozgi dengiz muzlari keskin kaygan. Bu okean qatlamlarini aralashishiga va mikroskopik suv o'tlarining hayotiy faoliyatiga sezilarli darajada ta'sir qiladi. Olimlarning fikriga ko'ra, bu Arktika dengizlarining butun ekotizimining o'zgarishiga, okeanning yuqori qatlamlarida mikroskopik suv o'tlari sonining ko'payishiga olib keldi va kelajakda karbonat angidrid konsentratsiyasini kamaytirishi mumkin.