Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, “Audiovizual ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida” qonun Armaniston Milliy Assambleyasi tomonidan 16-iyulda ikkinchi va yakuniy oʻqishda qabul qilingan.
Unga koʻra, xorijiy audiovizual dasturlar litsenziyasiz faqat davlatlararo bitim asosida qayta efirga qoʻyilishi mumkin.
Litsenziyalash boshqarmasi boshligʻi Lianna Dohikyanning tushuntirishicha, endi xorijiy telekanallar kamida 2021-yil 20-yanvargacha ishlaydigan litsenziyaga ega.