Armaniston Falastin mustaqilligini tan oldi

    Armaniston Falastin mustaqilligini tan oldi. Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

    “Armaniston Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlik o'rnatilishidan, yahudiy va Falastin xalqlari o'rtasida mustahkam tinchlik o'rnatilishidan chin dildan manfaatdordir, biz har doim turli xalqaro platformalarda Falastin masalasini tinch va keng qamrovli hal etilishi tarafdori bo'lganmiz va “Isroil-Falastin mojarosini hal etishda “ikki davlat” tamoyilini qo'llab quvvatlaymiz”, deyiladi bayonotda.

    Shuningdek, Yerevan BMT Xavfsizlik Kengashining G'azoda zudlik bilan o't ochishni to'xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyalariga qo'shilgani aytiladi, deb xabar beradi report.az.

    “Ishonchimiz komilki, bu falastinliklar va isroilliklar o'zlarining qonuniy intilishlarini ro'yobga chiqarishini ta'minlashning yagona yo'li, xalqaro huquq va xalqlarning teng huquqliligi, suvereniteti va tinch-totuv yashashi tamoyillariga sodiqligini tasdiqlagan holda, Armaniston Respublikasi Falastin davlatini tan oladi”, deyiladi bayonotda.