Xususan, kecha simulyatsiya uskunalaridan foydalangan holda oʻrta va kichik tibbiyot xodimlarining professional mahorati sinovdan oʻtkazildi. Unda harbiy soha mutaxassislari tibbiy evakuatsiyaning shartli bosqichida shifokorga qadar koʻrsatiladigan tibbiy yordam borasidagi koʻnikmalarini namoyish etdi.

 

Xalqaro harbiylar bellashuvining navbatdagi sharti natijalariga koʻra, Oʻzbekiston jamoasi erkaklar va ayollar oʻrtasidagi bahslarda tengsiz topildi. Ikkinchi oʻrin rossiyaliklarga, uchinchi oʻrin esa Belarus jamoasiga nasib etdi.

 

Harbiy-tibbiy estafetaning dastlabki ikkita sharti umumiy koʻrsatkichlari boʻyicha mezbonlar – 2019-yildagi musobaqa gʻolibi boʻlgan vakillarimiz peshqadamlik qilmoqda.
Bugun, 27-avgust kuni musobaqa ishtirokchilari toʻsiqlar yoʻlakchasidan oʻtish maydonchasida bellashadilar.

Mudofaa vazirligi axborot xizmati