Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Qayd etilishicha, sinov parvozi orqali aeroportning texnik imkoniyatlari tekshirildi. Voqeani tuman hokimi Odil Musanov shaxsan kuzatib, aeroport turizm, investitsiya va iqtisodiy rivojlanishning yangi drayveriga aylanishini taʼkidladi.
Aeroport toʻliq ishga tushgandan soʻng, u nafaqat ichki, balki xalqaro turistik oqimni ham qamrab olishi kutilmoqda. Bu esa yangi ish oʻrinlari yaratish, kichik biznesni rivojlantirish va xizmat koʻrsatish sohasida faollikni oshirishga turtki boʻladi.
Yangi aeroport faoliyat boshlashi bilan Arnasoy Jizzax viloyatidagina emas, balki mamlakat darajasidagi strategik-turistik nuqtaga aylanishi kutilmoqda. Bu esa hududning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga, tumandagi barqaror rivojlanishni taʼminlashga xizmat qiladi.
Mahalliy aholi samolyotning qoʻnishini mamnuniyat bilan kutib oldi. Bu voqea Arnasoyning yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qoʻyganidan dalolat berdi.