Jumladan,  press-tur ishtirokchilari Qarshi tumanidagi “Iymana Textile” tikuvchilik korxonasida boʻldilar.

- Korxonamiz ish boshlaganiga endigina uch oy boʻldi,  - deydi mazkur fabrika ish boshqaruvchisi Arsen Bektash. - 1 million 300 ming dollarlik ushbu loyihaning roʻyobga chiqarilishi tufayli 80 nafar mahalliy xotin-qizlarni ish bilan taʼminladik. Tabiiy paxta xom - ashyosidan tayyorlayotgan mahsulotlarimizga nafaqat ichki bozorda,  balki xorijda ham talab juda yuqori.

Bir oyning oʻzida dastlabki 65 ming dollarlik kiyim-kechak eksport qildik. Keyingi yilda 7 million dollarlik mahsulot yetkazib berish boʻyicha Rossiya va belaruslik hamkorlarimiz bilan shartnoma imzoladik. Korxonamiz toʻliq quvvatga erishgach,  300 ta ish oʻrni yaratiladi. Shuningdek,  Turkiya,  Xitoy va Eronga ham oʻz mahsulotlarimizni eksport qilishni moʻljallayapmiz.