Amerikalik astronavtlar Rid Uayzmen, Viktor Glover, Kristina Kuk hamda Kanada kosmonavti Jeremi Hansen 10 kunlik parvozdan so‘ng Tinch okeanida, San-Diego sohillari yaqinida muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Missiya davomida ekipaj Yerdan eng uzoq masofa — 252 ming mildan ortiq (taxminan 406 ming km) uzoqlikkacha yetib bordi. Ularning umumiy parvoz masofasi esa qariyb 694 ming milni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 1970 yildagi Apollo 13 mission rekordini yangiladi.
Parvoz 1 aprel kuni Kennedy Space Centerdan Space Launch System raketasi orqali amalga oshirildi. Ekipaj “Orion” kosmik kemasida Oy atrofiga aylanib o‘tib, Yerga qaytdi.
Shuningdek, ekipaj Oy atrofida parvoz paytida Quyosh tutilishi, kraterlar va “earthrise” kabi noyob manzaralarni tasvirga olgan.
Missiyadan so‘ng astronavtlar AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemasi orqali evakuatsiya qilinib, dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ular keyinchalik Johnson Space Centerga qaytishi rejalashtirilgan.
“Artemis II” missiyasi insonlarni yana Oygа qaytarish dasturining muhim bosqichi hisoblanadi. Endi e’tibor keyingi bosqich — “Artemis III”ga qaratilmoqda. Unda insonlarni Oy yuzasiga qo‘ndirish va doimiy baza yaratish rejalashtirilgan.