Uning aytishicha, dukkakli ekinlarda organizm uchun zarur bo'lgan mikronutriyentlar — vitaminlardan tortib kletchatkalar mavjud. Ularning antioksidant xususiyatlari alohida o'ringa ega.  

“Mazkur antioksidantlar yuqori xavfga ega bo'lgan molekulalarga qarshi turib, ularning zararini bartaraf etadi, shuningdek, yallig'lanishni kamaytirishga yordam beradi”, deydi Li.

Shifokorning aytishicha, artrit asosan yallig'lanish oqibatida yuzaga keladi. Bu esa vaqt o'tib surunkali shaklga o'tadi.

Mutaxassisning fikricha, tarkibida antioksidantlar mavjud mahsulotlar bilan parhez tutish surunkali yallig'lanishni kamaytirishga yordam berishi mumkin, deyiladi iz.ru saytida.