Maʼlumki, Quva shahristoni miloddan avvalgi VI-V asrlarda shakllangan boʻlib, uning gurkirab yashnagan davri milodiy X-XII asrlarga toʻgʻri keladi.

Bu vaqtda Quvaning umumiy maydoni 200 gektardan ortib ketgan edi. Hozirda esa, uning 15 gektarga yaqin hududi saqlanib qolgan.

Arxeologlarning taʼkidlashlaricha, ochib oʻrganilgan hududda kuchli yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻin oqibatida uylarning devori kuygan, toʻsinlar yonib polga qulagan.

Devorlar qattiq shikastlanib, tartibsiz qulab tushgan. Natijada aniq shakldagi uy qoldigʻini ajratib olish murakkab kechmoqda, deya xabar bermoqda Madaniy meros agentligi.