Tekshiruvda fuqaro A.A. otasi A. va qarindoshi X.ning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilib, amalda oʻzi norasmiy rahbarlikni amalga oshirib, imzolarini soxtalashtirish orqali “Bagʻdod donmahsulotlari” AJdan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 420,6 mln soʻmlik 151,4 tonna un mahsulotini joriy yilning fevral-aprel oylari uchun dislokatsiyada belgilangan 19 ta mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, Margʻilon shahri hududida boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.