Malayziya paytaxti Kuala Lumpur shahrida OFK kubogi finali boʻlib oʻtdi. Unda Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” jamoasini yarim finalda penaltilar seriyasida magʻlub etgan “Kuala Lumpur” Ummonning “As-Sib” klubini qabul qildi.

Uchrashuv ummonliklar ustunligida oʻtdi 3:0 hisobidagi ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi. Shunday qilib “As-Sib” oʻz tarixida birinchi marta OFK Kubogi gʻolibiga aylandi.