Aytilishicha, “Asakabank” AJ Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi Murodov (sobiq), kreditlash boʻlimi boshligʻi Yadgarov, “Asakabank” AJning bosh ofisi Ichki audit xizmati boshligʻi Idiyevlar Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 2 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kreditni qoʻlga kiritish maqsadida “Grand Buxara Agro” MCHJ rahbari Baxronov, “Kafil sugʻurta” MCHJning Buxoro filiali mudiri Abdurahmonovlar bilan oʻzaro jinoiy til biriktiradi.
Natijada xorijiy valyuta asl narxidan ikki baravar qimmatga kelishilgan issiqxona majmuasini sotib olishga yoʻnaltiriladi. Kredit qaytarilishini taʼminotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga 503 ming AQSH dollari miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda bank sobiq boshqaruvchisi Murodov va bosh ofis Ichki audit xizmati boshligʻi Idiyevlarga qidiruv eʼlon qilingan. Jinoiy guruhning qolgan aʼzolari sud oldida javob bermoqda.