Asaka tumani sobiq hokimiga sud hukmi oʻqildi

    Mamlakatimizda 24 Mart 2023 1148

    Andijon viloyati, Asaka tumani sobiq hokimi Mansur Alixonovga nisbatan nisbatan Jinoyat kodeksing 5 ta moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Mansur Alixonovga nisbatan jinoyat kodeksing 5 ta moddasi boʻyicha Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, sud tomonidan unga ozodlikdan cheklash jazosi qoʻllanilgan.

    2022-yilning 27-sentyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishda yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yoʻl qoʻygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun Mansur Alixonov tuman hokimi lavozimidan ozod etilgandi.

    “Asaka tumani hokimi janob Alixonov. Yer ajratish masalasida 56 ta qaror bilan 2 ming 390 gektar yer noqonuniy ajratilgan. 2021—2022-yillarda, bir yarim yilning ichida yer bilan bogʻliq noqonuniy holatlar boʻyicha 15 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Shuning uchun bugun prezidentimizning qarorlari bilan siz ham lavozimingizdan ozod etilasiz”, — degan edi Sardor Umurzoqov.

    Faqat yer ajratish emas, 2021-yilning dekabr oyida Asaka tumani hokimi Mansur Alixonov aholi bilan nomaqbul tarzda suhbatlashgani aks etgan video tarqalgandi. Holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga va jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlgandi.

    Mansur Alixonov 2020-yilning sentyabr oyida Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. U mazkur tayinlovga qadar Jalaquduq tumani IIB boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.