баннер
20 Apr 2025
15:29

    Asakadagi mahallalarga arzon urugʻ va mineral oʻgʻit yetkazib berish tizimi butun respublikada joriy qilinadi

    Joriy yildan boshlab tomorqadan foydalanish boʻyicha yangi tizim ishlamoqda. Masalan, Asaka tumani Otash mahallasidagi 810 ta xonadondan 805 tasida issiqxona bor, ularda yiliga 3-marta hosil olinayapti.

    Xuddi shunday, Obod mahallasidagi 922 ta xonadon egalari issiqxonalardan samarali foydalanyapti.

    Viloyatdagi qolgan 907 ta mahallada ham bu tajribadan unumli foydalanish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga Asakadagi mahallalarga arzon urugʻ va mineral oʻgʻit yetkazib berish tizimini butun respublikada joriy qilish topshirildi. Bu tizim orqali urugʻ va oʻgʻit 15 foizgacha arzon sotilmoqda.

    Oʻtgan yilda Andijonda kambagʻallik 11,9 foizdan 9,5 foizga tushgani bilan respublikada 9-oʻrinda turibdi.

    Baliqchi va Oltinkoʻlda 5 gektardan issiqxona tashkil qilinib, 100 ta ehtiyojmand oila daromadli qilindi. Issiqxona kambagʻal oilalarga 10 sotixdan ikki yilga ijaraga berilgan. Yiliga 3-marta hosil olish hisobiga har bir oila 150-200 million soʻmdan daromad topadi. Tadbirkor koʻchat, urugʻ, oʻgʻit va yoqilgʻini yetkazib berib, hosilni oʻzi sotib oladi.

    Bu ishlar kambagʻallik yuqori Ulugʻnor, Paxtaobod, Xoʻjaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida ham yoʻlga qoʻyilishi belgilandi. Bunday zamonaviy issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi.

    Yoshlarni tadbirkorlik, yerdan samarali foydalanishga oʻrgatish uchun avvalo ularda kasbiy koʻnikmani rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Hudud ixtisoslashuvi asosida maktablarda mehnat darslari va kasbiy toʻgarakalar tashkil etiladi. Ushbu toʻgaraklarga sanoat savdo va servis korxonalari, klasterlar mutaxassislari kelib dars oʻtadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech