Asakadagi zavodda elektromobillar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

    Transport 18 Iyun 2021 1756

    Bu haqda viloyat faollari bilan oʻtkazilayotgan yigʻilishda Prezident maʼlum qildi.

    “Viloyatda 105 gektar yerda «Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi” maxsus zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladim. “Oʻzavtosanoat” tomonidan ushbu Sanoat xabida 2021-2023-yillarda 80 mln dollar investitsiya evaziga, 8 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Jumladan, loyihalar doirasida choʻyan detallarni quyish, ularga mexanik ishlov berish, rezina jipslovchi detallar, avtomobil oyna tozalagichlari, shassi uchun prujinalar ishlab chiqarish oʻzlashtiriladi.

    “Kecha men shuningdek elektromobillar ishlab chiqarish boʻyicha topshiriq berdim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbari “Oʻzavtosanoat” (Umurzoqov) va “Eltexsanoat”ga (Yunusov) bir oy muddatda yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha taklif ishlab chiqib, taqdimot qilish vazifasini yukladi.