Bir nechta murojaatlar hal etilib, jumladan, tez tibbiy yordam mashinalarini yangilash zarurligi va bunga amaliy yordam koʻrsatilishi soʻralgan masala yechimi bugun koʻplab insonlarga quvonch ulashmoqda.
Prezidentimizning tibbiyot sohasini rivojlantirishdagi islohotlari ortidan Andijonga ajratilgan 45 ta tez yordam mashinalaridan 5 tasi, viloyat rahbari topshiriqlariga asosan Asakadagi SHTYOBga olib kelindi va foydalanishga topshirildi.
Mazkur “Volkswagen Caddy” rusumli avtomobillar tez yordam uchun kerakli uskunalar bilan toʻliq taʼminlangan. Sarfi tejamkor, bemorga tegishli yordamni koʻrsatishda zamonaviy qulayliklarga ega.
Ushbu transportlar hozirda faoliyat koʻrsatayotgan “Damas” avtomashinalari oʻrniga almashtiriladi va barcha hududlarga taqsimlab beriladi.