Аvstraliyadagi Garri Perkins meditsina instituti va gʼarbiy Аvstraliya meditsina universiteti tibbiy tadqiqotchilari asalari zaharidan olingan kuchli aralashmani tajribadan oʼtkazishdi. Bu noyob aralashma tajavvuzkor koʼkrak bezi saratoni(raki) xujayralarini tez fursatda, organizmdagi sogʼlom xujayralariga minimal zarar bilan 100 foiz halok qilishi mumkin, deb xabar beradi Xinxua agentligi.
Melittin nomi bilan ancha mashhur boʼlgan bu aralashmani saraton kasalligida, xususan koʼkrak bezi saratonining turli tajavvuzkor shakllariga qarshi qoʼllash boʼyicha avvallari tadqiqotlar oʼtkazilmagan edi.
Tadqiqotlardan maʼlum boʼldiki, umuman asalari zahari, xususan melittin aralashmasi koʼkrak bezida paydo boʼladigan uch karra salbiy saraton xujayralari va Her2 ijobiy(pozitiv) saraton xujayralariga tezlikda, sezilarli darajada jiddiy taʼsir etadi va bu xujayralarning yashovchanlik, tez tarqalish xususiyatlariga keskin zarba bera oladi.
Mellitin saraton xujayralarini tez halok eta olish xususiyatidan tashqari, tajriba davomida boshqa bir qator ijobiy xossalarini ham namoyon qildi. U saraton xujayralari tarqalishini toʼxtatdi va kimyo terapiyasi samaradorligini oshirishga ham yordam berdi. Xususan, kimyoterapiyasi vositasi boʼlgan dotsetaksel moddasi bilan melittin aralashmasini uygʼunlikda qoʼllash, ayniqsa katta ijobiy samara berishi kuzatildi.