Bu haqda Oʻzbekiston Boks federatsiyasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Bugun Tailandning Bangkok shahrida Asian Boxing tashkilotining navbatdagi kongress yigʻilishi tashkil etildi. Unda Osiyo qitʼasi boksining kelajakdagi rejalari koʻrib chiqilib, ushbu tashkilot rahbaryatiga nomzodlar saylandi.
Unga koʻra Asian Boxing tashkilotining prezidenti etib, amaldagi rahbar tailandlik Pichay Chunxavajira qayta saylandi.
Undan tashqari tashkilotga vitse-prezident nomzodi ovozga qoʻyildi. Ushbu lavozimga Qozogʻiston, Yaponiya, Filippin vakillari va Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov nomzodlar qoʻyilgan edi.
Yakunda Saken Polatov ushbu lavozimga saylandi. Ayollar yoʻnalishida vitse-prezidentlik falastinlik Fatima Jbara Ahmed Faqeyatga nasib etdi.