Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 28-yillik Paralimpiada rekordini yangilagan Asila Mirzayorova “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
Maʼlumot uchun, ushbu yoʻnalishda avvalgi Paralimpiya oʻyinlari rekordi 1996-yil Atlantada oʻtkazilgan oʻyinlarda oʻrnatilgan. 28-yil avvalgi rekord ispaniyalik Ortiz Ochistkaga tegishli edi – 5,07 m.
Asila Mirzayorova 1999-yil 3-iyulda tugʻilgan. 2017-yildan buyon para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi aʼzosi hisoblanadi. Musobaqalarda T11 klassida ishtirok etadi. Ikki karra Jahon chempioni, Hangchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida oltin hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2023-yil Parijda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida oltin medal olib, Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasiga ega chiqqan. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi hisoblanadi.