Samira Abzalovadan soʻng yigitlar oʻrtasida oʻtgan saralash bosqichida hamyurtimiz Asliddin Baxtiyorov ham final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
“A” guruhida ishtirok etgan yurtdoshimiz bahslar davomida jami 1321 ochko (qilichbozlik 222, toʻsiqlardan oʻtish 303, suzish 278 lazer-ran 518) jamgʻarishga erishdi. Endi u bugun boʻlib oʻtadigan final bosqichida medallar uchun kurashadi.