Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali efirida aytib o'tdi.
Shu bilan birga, Trampning aytishicha, Rossiya bilan tinchlik kelishuviga erishiladimi yoki urush qanday oqibatlarga olib kelishidan qat'i nazar, AQSh Ukrainaning tabiiy resurslariga kirish huquqiga ega bo'lishi kerak.
“Ular (ukrainaliklar) kelishuvga erishishlari mumkin (Rossiya bilan urushni tugatish uchun). Ular kelisha olmasliklari va bitim tuzmasliklari mumkin. Bir kun kelib ular Rossiyaning bir qismiga aylanishi mumkin yoki aylanmasligi mumkin. Ammo biz sarflagan pullarning hammasini qaytarib olishni xohlayotganimni aytdim. Va men ularga 500 milliard dollar ekvivalentidagi noyob minerallarini xohlayotganimni aytdim. Va ular aslini olganda bunga rozi bo'lishdi ”, dedi Tramp.
Donald Trampning qayd etishicha, Vashington Ukrainaga 300 milliard dollardan ortiq, Yevropa esa taxminan 100 milliard dollar ajratgan.
Bu Donald Tramp Amerika yordami evaziga Ukrainadan nodir metallarni olishni istayotganini birinchi marta aytishi emas. Zelenskiyning aytishicha, Kiyev hukumati yordam evaziga G'arb hamkorlari bilan birgalikda foydali qazilmalarni qazib olish g'oyasiga ochiq. Shu bilan birga, Ukraina Prezidenti mamlakatdagi noyob tuproq konlarining yarmiga yaqini Rossiya tomonidan “bosib olingan” hududlarda joylashganini ta'kidladi, deb xabar beradi centralasia.media.