Asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarining chorak qismini korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari tashkil etdi

    Investitsiyalar 19 Mart 2021 523

    2020-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar tarkibida mablagʻlarni jalb qilmasdan korxona va tashkilotlar oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirgan investitsiyalari ulushi 25,7 % ni tashkil etdi.

    Mazkur koʻrsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Toshkent shahrida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 38,2 % ini tashkil etdi.

    Shuningdek, Toshkent viloyatida 38,1 %, Samarqand viloyatida 30,6 % va Sirdaryo viloyatida 27,3 % investitsiyalar aynan korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirildi, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.