Amerika va avstraliyalik olimlar 70 yoshdan oshgan Avstraliya va Qoʻshma Shtatlardan kelgan yurak-qon tomir va boshqa kasalliklari bilan ogʻrimagan 19.000 nafar keksalar ishtirokida tadqiqot oʻtkazishdi.

Natijalar shuni koʻrsatdiki, saraton kasalligi bilan ogʻrigan keksa odamlar aspirin qabul qilmasligi kerak.

Ikkiga boʻlingan ishtirokchilarning biri toʻrt yil mobaynida har kuni past dozada aspirin, ikkinchi guruh esa platsebo preparatini qabul qildi.

Natijada aspirin qabul qilgan 981 nafar kishida, platsebo qabul qilgan 952 ishtirokchida saraton rivojlangan.

Xulosa shunday boʻldiki, dori-darmonlarni tez-tez ichadigan odamlarda metastatik saraton xavfi 19 foizga yuqori, shuningdek, 4-bosqich saraton kasalligi ehtimolining 22% ga oʻsish xavfi mavjud.