Spektakl Behbudiy yozib qoldirgan vasiyatnoma xatining oʻqilishi bilan boshlanadi va Mahmudxoʻja Behbudiyning benazir ijodi, buyuk xizmatlari va fojiali oʻlimi haqida hikoya qilinadi.
Shundan soʻng “Padarkush”, “Zaharli hayot” kabi sahna asarlaridan parchalar qoʻyildi.
Abdulla Avloniy bilan bogʻliq sahnalarni esa uning avlodi, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ijro etdi, millat fidoyisining oʻlmas sheʼrlari yangradi.
Usmon Azimning “Kunduzsiz kechalar” spektaklidan lavha namoyish etilib, unda Choʻlponning ijodiy merosi, uning qatagʻon qurboniga aylanishi voqealari, bir qancha doʻstlari tomonidan xoinlarcha qoralanishi sahnalari aks etgan boʻlib, bundan salkam bir asr oldingi hayot hodisalari tomoshabin koʻz oʻngida jonlantirildi.