Amir Temur hayotining bir kuni haqida hikoya qiluvchi mazkur sahna asarida Sohibqiron obrazini O‘zbekiston xalq artisti, yaqinda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan Yodgor Saʼdiyev ijro etgan.
Saida Mirziyoyeva sanʼatkorni davlat mukofoti hamda 80 yillik yubileyi munosabati bilan samimiy qutlab, uning ko‘p yillik mehnati munosib eʼtirof etilganini taʼkidladi.
Uning qayd etishicha, spektakl ijodkorlari Amir Temur siymosini nafaqat buyuk davlat arbobi va sarkarda, balki mustahkam iroda va beqiyos matonat sohibi bo‘lgan inson sifatida ham taʼsirchan aks ettira olgan.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari spektakl tomoshasi davomida Milliy teatr jamoasining yuksak mahorati va o‘z umrini milliy sanʼat rivojiga bag‘ishlagan fidoyi ijodkorlarning ulkan salohiyati yana bir bor namoyon bo‘lganini taʼkidladi.