Quyosh atrofida bir millionga yaqin asteroidlar aylanib yuradi va olimlar ulardagi suv bug'langan bo'lishi mumkin deb hisoblashardi. Biroq, yangi tadqiqot bu nazariyaga zid keladi.
Irisning diametri 199 kilometr. U Quyosh atrofida Mars va Yupiter o'rtasidagi asteroid kamarida o'rtacha 2,39 astronomik birlik masofada aylanadi va har 3,7 yilda bir marta aylanishni amalga oshiradi.
Masaliyaning diametri 135 kilometr va orbitasi Iris orbitasiga o'xshaydi.
Quyosh tizimidagi asteroidlar tarkibi va tuzilishi jihatidan bir oz farq qiladi. Quyoshga yaqinroqlari muzdan xoli bo'ladi, undan uzoqdagilarida esa muz mavjud.
Olimlar asteroidlarni o'rganish sayyoralar va asteroidlar paydo bo'lishidan oldin Quyosh tizimidagi elementlarning tarkibi va harakatini tushunishga yordam beradi, deb umid qilmoqda. Ularning ekzosayyora tizimlarida tarqalgani va yerdan tashqari hayotning mavjudligi ehtimoli borasidagi masalaga ham oydinlik kiritiladi, deb xabar beradi korrespondent.net.