баннер
28 Mar 2025
18:28

    Astronavtlar Crew Dragon fazoviy kemasida ilk bor Yer qutblari ustida parvoz qiladi

    Crew Dragon fazoviy kemasi 1-aprel kuni astronavtlar ishtirokidagi qutb orbital parvozini boshlaydi. U Yerning Shimoliy va Janubiy qutblari uzra uchadi.

    Bu haqda Amerikaning SpaceX kompaniyasi xabar berdi.

    Fram2 missiyasi Yer qutblarini tadqiq qilish uchun birinchi boshqariladigan parvoz bo'lib, missiyani moliyalashtirgan Xitoyda tug'ilgan mal`talik kriptovalyuta tadbirkori Chun Van, germaniyalik Arktika robototexnikasi muhandisi Rabea Patrisiya Rogge, avstraliyalik qutb tadqiqotchisi Erik Filips va norvegiyalik kinorejissyor va kinooperator Yanike Mikkelsen koinotga yo'l olishadi.

    Chun Van missiyani tashkillashtirish uchun qancha mablag' ajratgani noma'lum, loyihaning narxi oshkor etilmadi.

    Missiya uch kundan besh kungacha davom etadi. Parvoz 425-450 kilometr balandlikda amalga oshiriladi. Xalqaro koinot stansiyasiga tutashish ko'zda tutilmagan.

    Kema ekipaji qutb muzliklari va ushbu chekka hududlarning iqlimiy xususiyatlari haqida ma'lumot to'playdi. Fram2 missiyasi iqlim o'zgarishining ta'siri haqida qimmatli ma'lumotlarni taqdim etishi va Yerning eng ekstremal muhitini o'rganishga hissa qo'shishi ko'zda tutilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech