“Walking Borders” muhojirlarga yordam berish guruhi vakilining so'zlariga ko'ra, birida 65 kishi, ikkinchisida 50-60 kishi bo'lgan ikki qayiq Senegalni tark etganidan ikki hafta o'tib aloqaga chiqmay qo'ygan. 200 nafar muhojir bilan uchinchi qayiq 27-iyun kuni mamlakatni tark etgan.

Afrika davlatlaridan kelgan noqonuniy shaxslar doimiy ravishda Ispaniya chegaralarini kesib o'tib, mamlakatga kirishga harakat qilmoqda. Ispaniya Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning yanvar-may oylarida qirollikka 8,5 mingdan ortiq muhojir kirib kelgan, ularning yarmi Kanar orollariga ketgan, deb xabar beradi mir24.tv.