Afrikaning janubiy ''Umid'' burni janubi yerlaridan 50-60° janubiy kenglik va Antarktidan shimolida okean ustida ikki havo oqimi to'qnashishi kerak edi. Ammo to'satdan ikki oqim o'rtasida rivojlangan antisiklon bu ikki to'lqinni birlashib ketishiga yo'l qo'ymadi. Bu haqda manbalarga tayanib, Uzb_Meteo kanali ma'lumot berdi.

Markazida bosim 1035 gPa ga teng antisiklon nafaqat bu ikki havo to'lqinlarini birlashtirmadi, balki dumaloq bo'shliqdan iborat g'ayritabiiy manzara ham hosil qildi. NASA ning Terra-MODIS sun'iy yo'ldoshlari bu hodisani tasvirga olishga muvaffaq bo'ldi.

Janubga tomon yo'nalgan nam havo oqimi to'satdan harakatni to'xtatdi va katta ehtimol – oxirgi uch-to'rt kunlikda Janubiy Afrika mamlakatlarida halokatli bo'ron va juda ko'p darajada yog'inlarni keltirib chiqardi.

Ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi kunlarda qit'a janubidagi birgina Durban provintsiyasida suv toshqinlari va ko'chkilardan jami 260 kishi halok bo'lgan.

Oldinroq, Rossiya g'arbida uzoq muddat turib qolgan antitsiklon markazi O'zbekistonning ko'plab hududlarida anomal darajada ko'p to'xtovsiz yog'inlarni keltirib chiqargandi.