“Gʻafur Gʻulom. Umr daftari” filmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan suratga olinmoqda. Mazkur kinokartina “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri. Ssenariy muallifi Rahmon Qoʻchqorov, rejissyor Murod Odilov.

Hujjatli filmning tasvirga olish ishlari Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Adiblar xiyoboni, Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi, “Gʻalaba bogʻi”da boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati