Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar qildi.

Unga koʻra, atoqli shoir yashab, ijod qilgan Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Turgʻun Ahmedov nomidagi mahalla fuqarolar yigʻini, Baxmal koʻchasi, 7-uy manzilida Toʻra Sulaymon uy-muzeyi tashkil qilinadi.

2022-yil oxiriga qadar foydalanishga topshiriladigan uy-muzeyida davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.