Quyidagilar ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilangan:

  • atrof-muhitning joriy holatini oʻrganish, ifloslantiruvchi moddalarning bioxilma-xillikka, jumladan, noyob, yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan oʻsimlik hamda hayvon turlariga taʼsirini oʻrganish;
  • yer resurslarini muhofaza qilish, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • yer osti va yer usti suvlari ifloslanishining oldini olish, oqova suvlarni tozalash va qayta ishlash boʻyicha samarali usul hamda texnologiyalarni ishlab chiqish;
  • atmosfera havosining joriy holati, undagi ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhit va tabiatga taʼsirini tahlil qilish, atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirishni taʼminlovchi yangi, samarali uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish;
  • maishiy va turli chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishni taʼminlovchi samarali uslub hamda texnologiyalarni ishlab chiqish;
  • “yashil” va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.

Institut ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida tayanch ilmiy tashkilot va davlat buyurtmalari boʻyicha asosiy ijrochi hisoblanadi.