Qarorga koʻra, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasi yaratildi.
Qaror bilan 2021–2025-yillarda Oʻzbekistonda atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi tasdiqlandi.
Unga koʻra, jumladan, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish belgilandi:
➖suv resurslari, atmosfera havosi va tuproqlarni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi;
➖atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari hamda yerlarning ifloslanishi monitoringi;
➖koʻllar ekotizimlari monitoringi;
➖oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi;
➖atrof muhitning transchegaraviy ifloslanish monitoringi.
2021-yil 1-dekabrga qadar atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasi toʻliq shakllantiriladi.
Shuningdek, respublikadagi 22 ta shahar va boshqa aholi punktlarida joylashgan 61 ta turgʻun postlarda atmosfera havosining sifati boʻyicha kunlik, mayda dispersli zarrachalar boʻyicha oylik kuzatishlar olib boriladi.